Huawei 1
Yoav Gallant: Isroil tez orada "Hizbulloh" uchun yangi syurprizlar uyushtiradi

Isroil Livanning bir qator qishloqlarida harbiy harakatlarni davom ettirmoqda. Harbiy operatsiyalar “Hizbulloh” harbiy obyektlari yo‘q qilinmaguncha davom etadi.

Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant maʼlum qildi, deb xabar bermoqda The Times of Israel.

Galantning taʼkidlashicha, hozirda “Hizbulloh” qattiq zarbalar berilmoqda. Tez orada Isroil armiyasi yangi “syurprizlar” uyushtiradi.

"Biz «Hizbulloh” yetakchisi Hasan Nasrullohni allaqachon yo‘q qildik va bizda yana ko‘p syurprizlar bor. Ularning baʼzilari allaqachon namoyish qilingan, baʼzilari esa hali amalga oshirilmagan", dedi vazir.

Isroil uch haftadan beri Livan janubida faol havo hujumlari uyushtirib, “Hizbulloh” harakati infratuzilmasini vayron qilmoqda. 28-sentyabr kuni Isroil havo kuchlari “Hizbulloh”ning markaziy qarorgohi joylashgan Bayrutning janubiy chekkasiga kuchli havo hujumi uyushtirdi. Ushbu zarba natijasida harakat yetakchisi Hasan Nasrulloh va boshqa qo‘mondonlar halok bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100513 | Инструменты