Huawei 1
Mo'g'uliston 54 toifadagi vizalarni elektron tarzda berishni boshladi

Mo‘g‘uliston hukumati rasmiy va shaxsiy maqsadlarda mamlakatga kelayotgan xorijliklarga viza berish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida viza olish jarayonini soddalashtirdi. Endi 54 toifadagi vizalar elektron ko‘rinishda beriladi.

«Taklif qilayotgan tomon «Immigration.gov.mn» elektron tizimi orqali vizani rasmiylashtirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri ariza berishi mumkin. Oldinlari mamlakatimizga kelayotgan chet el fuqarolari viza olish uchun elchixonada ro‘yxatdan o‘tishi talab etiladi va bu ko‘p vaqt olardi. Boshqacha aytganda, investitsiya kiritish, mehnat yoki ta’lim faoliyatini amalga oshirish uchun Mo‘g‘ulistonga kelayotgan xorijliklar, shuningdek, ularning oila a’zolari sayt orqali 54 toifadagi vizaga ariza berishlari va javobni elektron tarzda olishlari mumkin», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mamlakatda 2021 yildan beri turistik, sport va madaniy tadbirlarda ishtirok etuvchilar uchun vizalar elektron ko‘rinishda taqdim etib kelinmoqda. Ushbu ko‘rsatkich yildan yilga oshyapti. Birgina 2023 yilda turistik maqsadda keluvchilar uchun 36 mingta elektron viza berilgan bo‘lsa, joriy yilning oktabr oyigacha ularning soni 74 mingtaga oshgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100513 | Инструменты