Huawei 1
Toshkentda 100 ming dona tibbiyot etil spirtini sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘limi va IIBB xodimlari hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan. 

Tezkor tadbir davomida spirt mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan O.V. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, Farg‘ona viloyatidan olib kelingan jami 100 ming dona tibbiyot etil spirtini fuqaro Ya.I.ga 8 300 AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan JKning 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100514 | Инструменты