Huawei 1
Agrosanoat sohasida yangi bozor mexanizmlari joriy etiladi

“Respublikada agrosanoat sohasiga yangi bozor mexanizmlarini joriy etish hamda sanoatlashgan bog' va tokzorlarni barpo qilishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko'ra, quyidagilar tashkil etiladi:

Qishloq xo'jaligida xizmatlar ko'rsatish agentligi negizida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi;

Agentlik huzurida Bog'dorchilik va issiqxona xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi hamda Vinochilikni rivojlantirish jamg'armasi negizida Agrosanoatni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg'armasi.

2024-yil 1-oktyabrdan sanoatlashgan yangi intensiv bog' va tokzorlarni barpo etish hamda moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi.

2024-yil 1-oktyabrdan yangi bog'larni barpo etishni Jamg'arma kredit resurslari hisobidan tijorat banklari orqali moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

1-bosqichda – yerni ekishga tayyorlash uchun imtiyozli kreditning 10 foizigacha miqdorda;

2-bosqichda – ko'chat sotib olish va ekish xarajatlariga imtiyozli kreditning 40 foizigacha miqdorda;

3-bosqichda – sug'orish tizimlarini o'rnatish xarajatlariga imtiyozli kreditning 30 foizigacha miqdorda;

4-bosqichda – bog' hosilga kirgunga qadar 3 yil parvarishlash xarajatlariga imtiyozli kreditning 20 foizi miqdorida ajratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122121 | Инструменты