Huawei 1
Belgiyaning yetakchi oliy ta'lim muassasalari bilan qishloq xo'jaligi sohasida ilmiy aloqalar kengaytiriladi

O'zbekiston elchisi G'ayrat Fozilov Belgiyaning eng qadimgi agronomiya va biologiya muhandisligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot muassasasi – "Gembloux Agro-Bio Tech" qishloq xo'jaligi universiteti rahbari Frederik Fransiz bilan uchrashuv o'tkazdi

Muloqot O'zbekiston va Belgiya o'rtasidagi oliy ta'lim hamda qishloq xo'jaligi sohalarida malakali kadrlar tayyorlash yo'nalishida munosabatlarni yanada kengaytirish tadbirlari doirasida tashkil etildi.

Suhbat chog'ida mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalari va "Gembloux Agro-Bio Tech" o'rtasida qishloq xo'jaligining o'zaro ustuvor yo'nalishlarida akademik hamkorlikni yo'lga qo'yish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida Frederik Fransiz O'zbekistondagi qishloq xo'jaligi institutlari bilan ta'lim va ilmiy aloqalarni yo'lga qo'yishga tayyorligini tasdiqladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101514 | Инструменты