Huawei 1
Boʻkada mikro gidroelektrostansiya quriladi

Toshkent viloyati hokimi huzurida Bo'ka tumani “Jag'abayli” mahalla fuqarolar yig'ini hududida qurilishi rejalashtirilayotgan mini GES loyihasi taqdimoti o'tkazildi.

Bu borada Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayevga Bo'ka tumani hokimi Nizomiddin Abbosov, loyiha mutaxassislari Doniyor Botirov hamda Rahmat Erkaboev atroflicha ma'lumot berdi.

Qayd etilganidek, mazkur mikro gidroelektrostantsiya qurilishi mo'ljallangan hududdan 2 ta kanal o'tgan bo'lib, olinishi ko'zda tutilayotgan qo'shimcha 100 kVt elektr energiyasi bilan olti yuzga yaqin xonadonni to'liq ta'minlash rejalashtirilmoqda.

Bu kabi mini gidroelektrostantsiyalar suv resurslaridan, jumladan, to'g'on yoki sug'orish kanallaridan olinadigan ikkilamchi suvdan samarali foydalanishni ta'minlaydi, shuningdek, suv sathi kam bo'lgan vaqtlarda ham ishlaydi.

Taqdimotda aholiga qo'shimcha imkoniyat yaratish maqsadida bu kabi loyihalarni elektr energiya quvvati past bo'lgan olis hududlarda ham joriy etish lozimligi ta'kidlandi.

Viloyat hokimi mazkur loyiha bo'yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan ishlar, eng birinchi qadamlar nimalardan iborat bo'lishi lozimligi yuzasidan o'z fikr va mulohazalarini bayon etdi hamda tuman hokimi va mutasaddilarga zarur ko'rsatmalar berdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 123000 | Инструменты