Huawei 1
Buxoroda yetishtirilgan 1,2 tonna ho'l meva Kuvaytga eksport qilindi

O'zbekistondan Kuvaytga ho'l mevalarning navbatdagi partiyasi eksport qilindi. 

O'zbekiston elchixonasi ko'magida Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi "National Agroforte" kompaniyasi va Kuvaytning "Star Fruit Co." kompaniyasi o'rtasida tashkil etilgan muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvga binoan O'zbekistondan 1,2 tonnaga yaqin ho'l mevalarni eksport qilishga erishildi.

Jumladan, kuni kecha yurtimizda yetishtirilgan gilos, o'rik, shaftoli kabi mevalar Kuvaytga yetkazib berildi. 

"Star Fruit Co. for foodstuffs, vegetables and fruits" kompaniyasi 1991-yilda tashkil etilgan. Kompaniya o'tgan yillar davomida yangi meva va sabzavotlarni Kuvaytdagi restoranlar va besh yulduzli mehmonxonalarga yetkazib berish bilan shug'ullanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 61921 | Инструменты