Avvalroq bugundan boshlab ko'plab savdo va xizmat ko'rsatish nuqtalari Payme, Click va QR-kod orqali to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatgani haqida xabar bergan edik.
Davlat soliq qo‘mitasi ushbu xabarga o’z munosabatini bildirdi.
Aytilishicha, qonunchilikka ko’ra aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tizimi orqali elektron fiskal chek taqdim qilish tartibi belgilangan.
Ammo, shu kunga qadar mavjud 48 ta elektron to‘lov tashkilotidan 25 tasi fiskal maʼlumotlar operatoriga integratsiyani to‘liq yakunlagan.
Boz ustiga, hozirgi kunda xaridlar uchun to‘lovlar aksariyat hollarda kartadan kartaga o‘tkazish orqali amalga oshirilmoqda.
Qo’mitaning xabariga ko’ra, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan xarid cheklari soni 185%ga, xarid summasi esa 176% ga oshdi.
“Fuqarolar, yaʼni siz va biz xaridni amalga oshirganimizda chek olishimiz va ushbu xaridni 1 foizini “keshbek” qilib qaytarib olishimiz lozim. Bu qonuniy huquqimiz! Shunday ekan, mobil ilovalar orqali to‘laganda chek ham shu ilovada berilishi kerakda. Elektron chek uchun esa keshbek avtomat hisoblanadi. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan fiskal belgili chek berilishini talab qilish bu normal holat va to‘g‘ri qabul qilinishi kerak deb hisoblaymiz", deyiladi DSQ bayonotida.
Alpha version: 0.9.1.19 build 81500 | Инструменты