Huawei 1
Navoiy kon-metallurgiya kombinatining yevroobligatsiyalari Britaniyaning eng nufuzli fond birjasida joylashtirildi

London fond birjasida ilk bor Navoiy kon-metallurgiya kombinatining yevroobligatsiyalari umumiy qiymati 1 milliard dollarga joylashtirildi

Dunyo miqyosida eng yirik oltin konlaridan biri bo'lgan, jahonga mashhur "Muruntov" oltin koni operatori Navoiy kon-metallurgiya kombinati jahon fond bozorida o'zining ilk amaliyotini muvaffaqiyatli amalga oshirdi.

Savdolar davomida zavod qimmatli qog'ozlariga bo'lgan talab 5 milliard dollardan oshdi.

Tashkilotning mazkur fond bozoridagi ishtiroki nafaqat Navoiy kon-metallurgiya kombinatining moliyaviy ahvolini mustahkamlaydi, balki O'zbekistonning jahon kapital bozorlaridagi salohiyatini ham namoyon etib, kelgusida global investorlar hamjamiyati bilan uzoq muddatli o'zaro manfaatli aloqalarga xizmat qiladi.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarkibida 12 ta yirik kon, 8 ta zavod va 2 ta uyumda eritmaga o'tkazish sexi hamda keng resurs bazasiga ega dunyodagi eng yirik "Muruntov" oltin koni mavjud.

Oltin zaxiralari bo'yicha "Muruntov" koni dunyoda eng yirik konlardan biri hisoblanadi. "Kitco" tahlil markazi sarhisobiga ko'ra, "Muruntov" koni 2020-2021 yillarda ketma-ket ikki marotaba oltin qazib olish bo'yicha jahonda yetakchi sifatida tan olingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101415 | Инструменты