Huawei 1
Sentabr oyida  ko‘chmas mulk bozorida uy-joy savdosi bilan bog‘liq shartnomalar soni 9%ga kamaygan

O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida pasayish tendesiyasi kuzatildi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tahliliga ko‘ra, sentyabr oyida ro‘yxatga olingan ko‘chmas mulk oldi-sotdi bitimlari soni avgust oyiga nisbatan 4,2%ga kamayib, 21,2 mingtani tashkil etgan.

Yillik hisobda ko‘chmas mulk bozorida faollik sezilarli pasayib, o‘tgan yilning sentyabr oyiga solishtirganda uy-joy savdosi bilan bog‘liq shartnomalar soni 9%ga kamaygan.

2024 yilning uchinchi choragida yil davomida uy-joy savdosi 13%ga kamayib, 66,5 mingtani tashkil etdi. 

Hududiy dinamika

Sentyabr oyida hududlar kesimida ro‘yxatga olingan ko‘chmas mulk bitimlari sonida eng katta pasayish Jizzax, Toshkent va Samarqand viloyatlarida mos ravishda 20%, 14% va 13%ga qayd etildi.

Uchinchi chorak yakunlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk bozoridagi faollik Toshkent (25,7%), Buxoro (24,3%) va Namangan viloyatlarida (18,7%) nisbatan sezilarli darajada pasaygan.

Ikkilamchi bozordagi uy joy narxlari

Joriy yilning sentyabr oyida respublika bo‘yicha ikkilamchi bozor uy-joy narxlari deyarli o‘zgarmadi (0,1%ga o‘sish).

Yil davomida ikkilamchi bozorda 1 kv.m. uchun o‘rtacha uy-joy narxi 6,7%ga oshdi.

Hududlar kesimida ikkilamchi bozor uy-joy narxlari sezilarli darajada Xorazm (19,5%), Buxoro (12,5%) va Samarqand (10%) viloyatlarida ko‘tarilgan.

Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joy bozoridagi narxlar 1%ga pasaydi.

Eng katta pasayish Mirzo-Ulug‘bek - 2,5% va Yunusobod - 2,4% tumanlarida kuzatildi. Poytaxtning yana ikkita tumanida narxlar oshdi - Yakkasaroyda - 1,1% va Shayxontohurda - 0,3%.

Yillik hisobda Toshkentda ikkilamchi uy-joylar narxining o‘rtacha o‘sishi 1,8%ni tashkil etdi.

Uy-joy ijara bozori

Sentyabr oyida Toshkent shahrida uy-joy ijara narxlarining barqarorlashuvi davom etdi. Ijara o‘rtacha narxi o‘tgan oyga nisbatan o‘zgarmagan – 1 kv. m. uchun 8,3 doll. Joriy yilning avgust-sentyabr oylarida ijara narxlarida o‘rtacha o‘sish qayd etilishi bozordagi vaziyatning barqarorlashuvidan dalolat beradi.

Poytaxtning 14 ta markaziy tumanlaridan uchtasida uy-joy ijarasi narxi pasaydi. Ijara narxi Olmazorda - 14,6%, Uchtepada - 7,4%, Bektemir tumanida - 3,8%ga pasaygan. Shuningdek, narxlarning eng katta o‘sishi Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida qayd etilib, tumanlarda ijara narxi o‘rtacha 7%ga oshdi.

Toshkent shahri tumanlari kesimida ijara narxidagi farqlar keskin o‘zgarmagan. Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqori bo‘lib, ijara narxi 10 dollar atrofida.

Bektemir va Sergeli tumanlarida ijara narxlari nisbatan arzon shakllanib, kv.m. uchun o‘rtacha 6 dollarni tashkil etdi.

O‘tgan yilning sentyabr oyida Toshkent shahrida ijara narxlari bugungi kunga nisbatan, o‘rtacha 8,4%ga yuqori. Bu esa bozorning ushbu segmentida umumiy pasayish tendensiyasi saqlanib qolinayotganini ko‘rsatadi.

Shu bilan birga yil davomida ijara narxining sezilarli pasayishi Yashnabod (16,2%), Olmazor (12,2%) va Yakkasaroy (11%) tumanlarida kuzatildi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101417 | Инструменты