Huawei 1
Bayden Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya bilan yadroviy qurol bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini aytdi

AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya bilan yadroviy qurol bo‘yicha hech qanday shartlarsiz muzokaralar olib borishga tayyorligini aytdi. Bu haqda Oq uy xabar berdi.

Bayden Xirosima va Nagasakiga tashlangan atom bombalaridan omon qolganlarning Nihon Hidankyo tashkilotini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti olgani bilan tabrikladi. AQSH prezidenti tabrik davomida yadroviy qurol bo‘yicha muzokaralarga tayyorligini aytdi.

“AQSH yadro xavfini kamaytirish maqsadida Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya bilan hech qanday dastlabki shartlarsiz muzokaralar olib borishga tayyor. Yadro qurollarini qisqartirish bo‘yicha taraqqiyotni to‘xtatib qo‘yish na mamlakatlarimiz, na butun dunyo uchun foydali. Yadro tahdidini kamaytirish zamonaviy dunyoning xavf-xatarlariga qaramasdan emas, balki aynan ular tufayli muhimdir”, dedi Bayden.

U Nihon Xidankyoni yadro qurolining qo‘llanilishiga qarshi olib borgan “tarixiy faoliyati” tan olingani bilan tabrikladi. Shuningdek, Yaponiyani “yadro qurolining tarqalishi va qo‘llanilishining oldini olishga bo‘lgan mustahkam sadoqati” bilan tabrikladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101417 | Инструменты