O‘zbekiston 2 oyda qiymati 8,9 mln AQSH dollarlik choy import qildi

Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan qiymati 8,9 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 6 548 tonna choy import qilgan.

Choy importi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 178,5 tonnaga kamaygan.

O‘zbekiston 2 oyda 15 ta davlatdan choy xarid qilgan.

O‘zbekiston 2 oyda eng ko‘p choy import qilgan davlatlar:

— Xitoy – 5 446 tonna;

— Eron – 285 tonna;

— Keniya – 275 tonna;

— Xindiston – 165 tonna;

— Qozog‘iston – 88,9 tonna. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72709 | Инструменты