Huawei 1
Britaniya muzeyi bilan tarixiy yodgorliklarni birgalikda tadqiq etish bo'yicha hamkorlik yo'lga qo'yiladi

O'zbekiston diplomatlari Britaniya muzeyining madaniy yodgorliklar bo'yicha katta kuratori Jon Simpson bilan uchrashuv o'tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muloqot davomida ikki mamlakat muzeylari o'rtasida doimiy hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

Jon Simpson O'zbekiston Madaniyat va san'atni rivojlantirish jamg'armasi bilan Britaniya muzeyi hamkorligida tashkil etilgan "Ipak yo'llari" ko'rgazmasi yuqori baholanayotganini ta'kidladi.

Suhbat yakunida madaniyat va san'atni rivojlantirish, ilmiy-ijodiy va tarixiy arxeologik merosni o'rganish hamda asrash yo'nalishlarida hamkorliklarni yanada jadallashtirishga kelishib olindi.

Britaniya muzeyi dunyodagi eng qadimgi, eng katta va eng ko'p tashrif buyuriladigan muzeylardan biridir. U 1753-yilda qirollik shifokori va san'at kollektori Xans Sloan tomonidan asos solingan va u o'z kolleksiyasini davlatga vasiyat qilgan. Muzey ko'rgazmalarida umumiy uzunligi 4 km bo'lgan 94 ta galereya mavjud. Hozirda Britaniya muzeyi qadimiy dunyoning hashamatli kolleksiyalariga ega dunyodagi eng yirik tarixiy va arxeologik madaniy dargoh hisoblanadi. Har yili unga 6 million kishi tashrif buyuradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101720 | Инструменты