Huawei 1
“Qamchiq” dovonida YPX xodimlari to‘xtatib tekshirgan “Onix” salonidan giyohvand modda topildi

2024 yil 17 oktyabr kuni soat 16:00larda “Namangan” YPX maskanida YHXX “Qamchiq” dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Onix” rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirilganda haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan U. E. turli xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg‘otgan.

Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida avtomobil salonidan to‘q yashil rangli, o‘tkir hidli, ko‘rinishidan giyohvandlik vositasiga o‘xshash modda topilgan.

Holat yuzasidan o‘rnatilgan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, haydovchi va topilgan modda Pop tumani IIB xodimlariga topshirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101721 | Инструменты