Huawei 1
O'zbekiston Janubiy Koreya bilan ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha hamkorlikni jadallashtiradi

Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi vakillari ta'lim sohasidagi hamkorlik loyihalarini kengaytirish maqsadida amaliy tashrif bilan Koreya Respublikasida bo'ldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

O'zbekiston elchixonasi ko'magida amalga oshirilgan tashrif davomida Koreya ta'limni rivojlantirish instituti (KEDI), Koreya o'quv dasturlari va baholash instituti (KICE), Uzoqsharq universiteti va Koreya milliy transport universiteti rahbariyati bilan qator yo'nalishlarda muzokaralar o'tkazildi va memorandumlar imzolandi.

Uchrashuvlarda ta'limning dolzarb masalalari bo'yicha hamkorlikda tadqiqotlar olib borish, ta'lim sifatini baholash va monitoring qilishning zamonaviy tizimlarini tatbiq etishda tajriba almashish va o'quv dasturlari samaradorligini hamda xalqaro tadqiqotlarning natijalarini tahlil qilish, grant loyihalarni amalga oshirish bo'yicha uzoq muddatli hamkorlik masalalari bo'yicha o'zaro fikr almashildi.

Janubiy Koreya OTM rahbarlari bilan uchrashuvlar davomida ta'lim statistikasi bo'yicha soha mutaxassislarining malakasini oshirishga doir hamkorlik imkoniyatlari, O'zbekistonda sun'iy intellekt va robototexnikaga qiziquvchi o'quvchilarni o'qitishga doir loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik imkoniyatlariga qaratildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101721 | Инструменты