Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston jahonning 186 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 20,9 mlrd AQSH dollariga yetkazgan.
TSAning nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (19 %), Rossiya (18,4 %), Qozog‘iston (5,9 %), Turkiya (4,4 %) va Koreya Respublikasida (3,3 %) qayd etilgan.
- Eksport – 8,5 mlrd (9 % ga oshgan);
- Import – 12,4 mlrd (3,9 % ga oshgan).
2024-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar (AQSH dollarida):
— Xitoy – 3,9 mlrd;
— Rossiya – 3,8 mlrd;
— Qozog‘iston – 1,2 mlrd;
— Turkiya – 920,2 mln;
— Koreya – 695 mln;
— Fransiya – 386,4 mln;
— Germaniya – 345 mln;
— Afg‘oniston – 308,6 mln;
— Turkmaniston – 288,5 mln;
— Hindiston – 270,3 mln.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11322 | Инструменты