Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida qariyb 2,9 mlrd AQSH dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilingan.
Bu umumiy eksportning 10,6 foizini tashkil etgan.
Ip kalava – 1 237,3 mln dollar;
Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 1 124,5 mln dollar;
Trikotaj mato – 292,1 mln dollar;
Gazlamalar – 145,9 mln dollar;
Paypoq mahsulotlari – 42,6 mln dollar.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin 2024 -yilda 89,5 trln so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22415 | Инструменты