Huawei 1
O‘zbekiston tijorat banklarida dollar sotuv kursi 12 855 so‘mgacha ko‘tarildi

O‘zbekistondagi bir nechta tijorat banklari 7-oktyabr kuni dollar valyutasining so‘mga nisbatan kursini oshirdi.

Aksariyat banklar 1 AQSH dollarini 12 720 so‘mga sotib olishni, 12 835 so‘mga sotishni taklif qilmoqda. Ayrimlarida sotish kursi 12 855 so‘mga ko‘tarilgan.

Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan bir necha banklar keltirildi:

  • Infinbank: sotib olish — 12 715, sotish — 12 855 so‘m;
  • Agrobank: sotib olish — 12 730, sotish — 12 840 so‘m;
  • Ipotekabank: sotib olish — 12 725 so‘m, sotish — 12 835 so‘m.
  • OFB: sotib olish — 12 720, sotish — 12 835 so‘m;
  • Hamkorbank: sotib olish — 12 730 so‘m, sotish — 12 810 so‘m.
  • Davrbank: sotib olish — 12 720 so‘m, sotish — 12 800 so‘m.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 7-oktyabr holatiga ko‘ra 12 775,02 so‘mni tashkil etmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100721 | Инструменты