Huawei 1
IIVga 9 oyda Prezident Virtual qabulxonasi orqali 90 mingga yaqin murojaat kelib tushgan

Ichki ishlar vazirligi tizimiga 2024 yilning 9 oyida Prezident Virtual qabulxonasi orqali 90 mingga yaqin murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 88,1 foizi qanoatlantirilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Nilufar Begmatova maʼlum qildi.

Ichki ishlar organlarida murojaatlar bilan ishlash ahvoli har chorak yakuni bo‘yicha Vazirlik rahbariyati huzuridagi yig‘ilishlarda va Vazirlik Hayʼati majlislarida tanqidiy muhokama qilinib borilmoqda.

2024 yilning 9 oyi davomida Vazirlikda o‘tkazilgan shaxsiy qabullar jarayonida 10 933 nafar fuqarolar qabul qilinib, 5 210 nafar fuqaroga malakali huquqiy maslahatlar berilgan bo‘lsa, 5 723 nafar fuqarodan kelgusida ko‘rib chiqish uchun murojaatlar qabul qilingan.

Murojaatlarning 2 011 tasi ijobiy hal qilinib, fuqarolarning qonuniy huquqlari tiklangan bo‘lsa, 3 210 tasi malakali huquqiy tushuntirish berish orqali hal qilingan, 55 tasi qonuniy asoslarga ko‘ra rad etilgan yoki ko‘rmasdan qoldirilgan. 447 ta murojaat hozirgi kunda nazoratga olingan holda ko‘rib chiqilmoqda.

Joriy yilning 9 oyida hududiy ichki ishlar organlarining birinchi rahbarlari tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy va sayyor qabullar jarayonida 35 mingga yaqin fuqarolar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, muammolarini hal qilishning barcha qonuniy mexanizmlari ishga solingan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100722 | Инструменты