Huawei 1
Rasman! Jervonta Devisning navbatdagi jangi tasdiqlandi

Butunjahon boks assosiatsiyasi (WBA) amerikalik prof bokschi Jervonta Devis keyingi jangini chempionlik kamari uchun o‘tkazishini maʼlum qildi.

Devis ikkinchi yarim yengil vaznda WBA kamari sohibi, hamyurti Lamont-Rouch bilan jang qiladi. Ushbu jang 14 dekabr kuni AQSHning Texas shahrida o‘tkaziladi.

Maʼlumot uchun, Jervonta Devis hozirga qadar 30 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida zafar quchgan. Amerikalik 29 yoshli Lamont-Rouch hisobida esa 25 g‘alaba, 1 ta mag‘lubiyat va 1 durang bor.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100721 | Инструменты