Huawei 1
O‘zbekiston va Janubiy Koreya Farg‘onadagi to‘qimachilik klasterini kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida (ISSV) "Posco Group" korporatsiyasi raisining o‘rinbosari Tak Jong bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

ISSV maʼlumotga ko‘ra, "Posco Group" Janubiy Koreyaning metallurgiya, energetika, kimyo va to‘qimachilik sanoati sohalarida ishlab chiqarish quvvatlariga ega bo‘lgan konglomerat hisoblanadi. Korporatsiyaning yillik aylanmasi 69 milliard dollarni tashkil qiladi.

1996-yildan buyon O‘zbekistonda yengil sanoatdagi "Posco Group" kompaniyalaridan biri "Posco International Textile" faoliyat yuritib, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida 3 ta yigiruv va 2 ta trikotaj fabrikalarini boshqaradi.

Muzokaralar chog‘ida Farg‘ona viloyatidagi to‘qimachilik klasteri faoliyatini kengaytirish, xususan, yangi paxta tozalash zavodini qurish, shuningdek, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, Janubiy Koreya tomoni Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida yangi klasterlar yaratish orqali O‘zbekistondagi investitsiya portfelining hajmini oshirishdan manfaatdor ekanligini bildirdi. 

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni rivojlantirish va qo‘shma loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida ikki tomonlama muntazam uchrashuvlar amaliyotini davom ettirishga kelishib oldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51211 | Инструменты