Huawei 1
O‘zbekistonda 1 gramm oltin bahosi 1,1 mln so‘mdan oshdi

Markaziy bank 16 oktyabr kuni oltin quymalar va esdalik oltin tangalar narxlarini yangiladi. Qimmatbaho metallning 1 grammi narxi 1 mln 125 ming so‘mdan oshdi.

Ayni paytda 5 grammli oltin quymalar narxlari 5 mln 625 ming so‘mni, 10 grammli esdalik tanga narxi 11 mln 249 ming so‘mni tashkil qilmoqda.Qimmatbaho metallning joriy narxlari yil boshidagi narxlardan 32,5 foizga, 2023 yilning mos davridagi narxlardan esa 45,3 foizga yuqori.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Markaziy banki oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni 2018 yilda muomalaga chiqargan. 2020 yil noyabridan boshlab esa o‘zbekistonliklarda jamg‘armalarini quyma oltin shaklida saqlash imkoniyati ham paydo bo‘ldi: Markaziy bank 5, 10, 20 va 50 grammli oltin quymalarini tijorat banklari orqali sotuvga chiqardi.

Oltin quymalari narxlari xalqaro qimmatbaho metallar bozori kon’yunkturasidan kelib chiqib, Markaziy bank tomonidan kun davomida qayta ko‘rib chiqiladi. Shunga ko‘ra, narxlar doimiy o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101720 | Инструменты