O‘zbekistonda 2023-yil 1-iyun holatiga yuridik shaxslar soni 575 mingdan oshdi
2023-yil 1-iyun holatiga faoliyat koʻrsatayotgan yuridik shaxslar soni 575 719 taga yetib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3 %ga (25 ming) oʻsdi.
Sohalar kesimida:
Oʻsish koʻrsatkichi eng yuqori – TOP-3:
- tashish va saqlash – 11,5% (1,9 mingta);
-axborot va aloqa xizmatlari – 9,9% ( 0,9 mingta);
- savdo – 8,2% (12,2 mingta).
Oʻsish koʻrsatkichi eng past – TOP-3:
- qurilish – 1,8% ( 0,6 mingta);
- sanoat – 0,9% (0,6 mingta).
- qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi – 0,8% (1 mingta).
Hozirda jami yuridik shaxslarning:
- 25,8 %i savdo sohasida (148,6 mingta);
- 23,4%i qishloq, oʻrmon va baliq xoʻjaligi sohasida (134,9 mingta) faoliyat yuritmoqda.
Hududlar kesimida yuridik shaxslar soni o'sishi quyidagicha:
1. Toshkent shahri - 90,4 mingta.
2. Samarqand viloyati - 54,5 mingta
3. Farg'ona viloyati - 50,7 mingta.
4. Qashqadaryo viloyati - 49 mingta.
5. Toshkent viloyati - 47,7 mingta.
Alpha version: 0.9.1.19 build 21206 | Инструменты