Huawei 1
11-fevral kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Toshkentliklarni haqoratlagan talaba qiz 10 sutkaga qamaldi

Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi “Anorzor” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida videotasvirda toshkentliklarni haqoratlagan surxondaryolik 25 yoshli qizga nisbatan ochiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi.

Bosh prokuraturaga quyosh panellari o‘rnatilishini qat’iy nazoratga olish topshirildi

Bosh prokuraturaga quyosh panellari va suv isitish qurilmalari o‘rnatilishini nazorat qilish topshirildi.

MHTI: Pokistondan kartoshka import qilindi va bu uning narxi pasayishiga olib keldi

2025-yilning fevral oyida Toshkent shahridagi supermarketlarda oziq-ovqat mahsulotlari narxining o‘zgarishi tahlil qilindi. Qayd etilishicha, o‘tgan oyda kartoshka narxi oshganidan keyin Pokistondan kartoshka import qilindi va bu uning narxi pasayishiga olib keldi.

2026-yildan g‘isht ishlab chiqarishda soliq stavkasi 2 baravar oshiriladi

O‘zbekistonda tuproq unumdorligini yaxshilash va yashil hududlarni asrab qolish maqsadida g‘isht o‘rniga muqobil texnologiyalarga o‘tishga ustuvorlik beriladi.

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasida samarali davlat nazorati amalga oshiriladi

“Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.

"Loyihani eng zamonaviy texnologiyalar yordamida amalga oshirish uchun xalqaro konsorsium tashkil etamiz" - “O‘zatom” agentligi direktori O‘zbekistondagi kichik AES qurilishi haqida gapirdi

Uning qayd etishicha, “Rosatom” tomonidan Jizzax viloyatida kichik atom elektr stansiyasini qurish loyihasi turli xorijiy tuzilmalarni jalb qilgan holda xalqaro xususiyatga ega bo‘ladi. Loyihaga Rossiya texnologiyalari bilan birga Xitoyning noyadro texnologiyalari hamda Yevropa dasturiy ta’minoti va apparat vositalarini qo‘llash rejalashtirilgan.

Buxoroda uyida sher saqlangan shaxs aniqlandi

Buxoro viloyati Romitan tumanining Qoqishtuvon mahallasida yashovchi fuqaro o‘z xonadonida yovvoyi sher bolasini noqonuniy ravishda saqlab kelayotgani aniqlandi.

O'zbekistonda 1-apreldan aholi va tadbirkorlar uchun elektr energiyasiga “yashil” tariflar joriy etiladi

2025-yilning 1-sentabridan boshlab tadbirkorlarni “yashil tadbirkor” sifatida e’tirof etishga qaratilgan platforma ishga tushiriladi.

Shavkat Mirziyoyev Xalqaro maslahat kengashi a’zolarini qabul qildi

O‘zbekiston prezidenti Xalqaro maslahat kengashi ekspertlari Alfred Guzenbauer, Aleksandr Kvasnevskiy va Shtefan Fyuleni qabul qildi. Samarqand shahrida o‘tkaziladigan "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" sammitiga tayyorgarlik doirasida xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Deputatlar diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini bir ovozdan qabul qilib, Senatga yubordi

Majlisda Konsepsiya loyihasi keng jamoatchilikning taklif-mulohazalari asosida yanada takomillashtirilgani alohida qayd etildi. Xususan, fuqarolarimiz Jahongir Safayev, Axmadjon Oripov, Amirullo To‘xliboyev, Shaxnozaxon Gaffarova hamda Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan bildirilgan takliflar asosida Konsepsiyaning 10 dan ortiq bandlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

O‘zbekiston korrupsiya bo‘yicha reytingda 121-o‘rinni egalladi

“Transparency International” xalqaro tashkiloti dunyoda korrupsiya bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha 2024-yil uchun hisobotini e’lon qildi.

Benzin va motor moylarini eksport qilish tartibi soddalashtiriladi

Bunda ularni yetkazib berishda oldindan to‘lov, bank kafolati yoki sug‘urta talab etilmaydi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21123 | Инструменты