Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha materiallardan (masalan, teri, to‘qimachilik gazlamalari, to‘qilgan va trikotaj gazlamalari va h.k.) 33,8 trln so‘mlik barcha turdagi kiyimlar (masalan, ustki kiyim, erkaklar, ayollar va bolalar uchun ichki kiyimlar, ish, ofis, kundalik sport kiyimlari va h.k.) va aksessuarlar ishlab chiqarilgan.
Kiyim ishlab chiqarishning o‘tgan yillardagi dinamikasi quyidagicha (yanvar-dekabr):
2020 — 10,4 trln so‘m
2021 — 13,6 trln so‘m
2022 — 17,3 trln so‘m
2023 — 23,1 trln so‘m
2024 — 33,8 trln so‘m.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar-dekabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 424 808 dona har xil turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarilgani haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20819 | Инструменты