Huawei 1
Xarbinda IX qishki Osiyo o'yinlarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Xitoyning Xarbin shahrida IX qishki Osiyo o'yinlarining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. 

Xorijiy davlatlar va hukumatlar rahbarlari ishtirok etgan marosimda 34 ta mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar o'z bayroqlarini baland ko'tarib o'tdilar.

Chang'i alpinizmi bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Jasur Shamsiddinov va Feruza Boboqulova delegatsiyamiz bayroqdorlari bo'lishdi.

Qishki Osiyo o'yinlarida 24 nafar mamlakatimiz sportchilari konkida yugurish, short-trek, figurali uchish, tog' chang'isi, chang'i-alpinizm, biatlon kabi yo'nalishlarda yurtimiz sharafini himoya qiladilar.

14-fevralga qadar davom etadigan IX qishki Osiyo o'yinlarida 34 ta davlat atletlari 11 ta sport turida 64 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20819 | Инструменты