Huawei 1
O‘zbekistonning davlat qarzi 37 mlrd dollardan oshdi

2024-yilning 1-iyul holatiga, O‘zbekistonning davlat qarzi ilk marta 37 mlrd dollardan oshdi. Tegishli ma’lumot Iqtisodiyot va moliya vazirligi rasmiy saytiga joylangan.

Davlat qarzining 30,9 mlrd dollari – tashqi qarz, 6,1 mlrd dollari esa – ichki qarzni tashkil etadi.

Davlat qarzi 2024 yil 1-choragiga nisbatan 1 mlrd 679 mln dollarga ko‘paygan. YaIMga nisbatan ulushi ham 1,5 foizga oshib, 31,7 foizdan 33,2 foizga yetgan.

Taqqoslash uchun, 2023 yilning 1 iyul holatiga davlat qarzi 31 mlrd 628 mln dollarni tashkil etgan. Bir yil ichida ushbu ko‘rsatkich 5,4 mlrd dollarga yoki 17 foizga oshgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11518 | Инструменты