“O‘zbekneftgaz” AJning kredit reytingi yana “BB-” darajasida tasdiqlandi. Bu haqda jamiyatning axborot xizmati ma’lum qildi. Unga ko‘ra, “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekneftgaz” AJning uzoq muddatli kredit reytingini “BB-” darajasida barqaror prognoz bilan tasdiqladi.
Tahlilchilarning fikricha, kompaniyaning energetika sohasidagi strategik ahamiyati, davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlash va gaz narxlarini liberallashtirish jarayoni ushbu reytingni saqlab qolishga muhim asos bo‘lgan.
Shuningdek, “O‘zbekneftgaz” AJ yiliga 3,6 milliard metr kub gazni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan “Uzbekistan GTL” zavodini to‘liq ishga tushirishni rejalashtirmoqda. Bu reja kompaniyaning moliyaviy barqarorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mazkur agentlik jamiyatning davlat nazoratidagi boshqaruvini “juda kuchli” deb baholab, uning mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlashga qo‘shayotgan hissasini alohida qayd etdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112303 | Инструменты