Markaziy bankning ma’lum qilishicha, joriy yil oktyabr oyida banklarning kredit portfeli 5,38 trln. so‘mga ko‘payib, uning jami qoldig‘i 521 trln. so‘mdan ortgan.
Davlat banklari orasida faqatgina Turonbankda (-58,1 mlrd. so‘m) kredit qoldig‘i kamaydi. Qolgan davlat banklarining barchasida kreditlar qoldig‘i ortishi hisobiga ularning kredit portfeli 3,4 trln. so‘mga, boshqa banklarda 1 trln. 957 mlrd. so‘mga ortgan. Boshqa banklar orasida jami 8 ta bankda kredit qoldig‘i kamaygan. Kredit portfelda eng katta pasayish Ipoteka bank (-708 mlrd. so‘m)da kuzatilgan.
Muammoli kreditlar (NPL) qoldig‘i bank tizimi bo‘yicha oy davomida 474 mlrd. so‘mga ko‘paygan va 22 trln. so‘mdan oshgan. NPL qoldig‘i davlat banklarida 356 mlrd. so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, boshqa banklarda o‘sish 118 mlrd. so‘mga teng bo‘lgan. Xususan, muammoli kreditlar o‘sishi asosan O‘zmilliybank (+352 mlrd. so‘m), Kapitalbank (-200,4 mlrd. so‘m) hamda Oriyent Finans banklar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Oktyabr oyi davomida muammoli kreditlardan eng ko‘p Ipoteka bank (-486,1 mlrd. so‘m) qutulgan. Kredit portfeldagi NPL ulushi o‘tgan oyga nisbatan deyarli o‘zgarmagan holda 4,2 foiz darajasida qolgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112305 | Инструменты