Qarshi shahridagi "Sulton Tex Group" kompaniyasi va Kuvaytning "Unique Goods Import & Export" kompaniyasi vakillari o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi.
O'zbekistonning Al-Kuvaytdagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, muzokaralar chog'ida o'zbek kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan tekstil mahsulotlarini Kuvaytga eksportni tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
"Unique Goods Import & Export" kompaniyasi rahbari Suad al-Mahri Kuvayt bozoriga kirishda talab etiladigan jihatlar, asosiy raqobatchilar va mamlakat iqlim sharoitlar haqida batafsil ma'lumot berdi.
Uchrashuv yakunida O'zbekiston kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalarini yuborish va eksportni yo'lga qo'yish bo'yicha muzokaralarni davom ettirish to'g'risida kelishib olindi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120301 | Инструменты