AQSH Senatida Ukrainaning 4,65 milliard dollarlik qarzining yarmini hisobdan chiqarishga qarshi rezolyutsiya ko‘rib chiqilmadi.
AQSH Davlat departamenti vakili Metyu Miller Vashington maʼmuriyati qonunchilarni Kiyevning ko‘rsatilgan miqdorda qarzining bir qismini hisobdan chiqarish niyati haqida xabardor qilganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Kongress hisobdan chiqarishni bekor qilish uchun norozilik rezolyutsiyasini qabul qilish imkoniyatiga ega.
Kongressda 61 nafar senator ushbu rezolyutsiyani ko‘rib chiqishga qarshi chiqqan va faqat 37 nafar qonunchi yoqlagan.
Ushbu rezolyutsiya Kentukki shtatidan respublikachi Rend Pol tomonidan ko‘rib chiqish uchun taklif qilingan. U AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining tanqidchisi hisoblaniib, avvalroq Ukrainina moliyalashtirishga ham qarshi chiqqan edi.
Polning ta’kidlashicha, Ukraina ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini isbotlay olmaydi. Unga ko‘ra, Vashington yuborayotgan mablag‘larning aksariyati armiya ehtiyojlariga ketmaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112305 | Инструменты