Huawei 1
O'zbekiston va Hindiston Eksport-import banki o'rtasidagi hamkorlik loyihalari muhokama qilindi

Mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi tomonidan O'zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi ijrochi direktori Shuhrat Vafoyev va Hindiston Eksport-import banki (Eximbank of India) bosh menejeri Nirmit Ved o'rtasida onlayn shakldagi muzokaralar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Tadbirda o'zaro moliyaviy va texnik ko'mak doirasida O'zbekiston hukumati va Hindiston Eksimbanki o'rtasida mamlakatimizdagi infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun Hindiston hukumati kreditini ajratish bo'yicha hadli kelishuvning bajarilishiga oid masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar avtomobil yo'llari qurish va ta'mirlash, oliy ta'lim muassasalarida onlayn smart-auditoriyalarni tashkil etish, aholi punktlarida kanalizatsiya tizimi barpo etish va boshqa dolzarb yo'nalishlarda hamkorlik loyihalarini hayotga tadbiq etish yuzasidan o'zaro fikr almashdi.

Ushbu loyihalarni yaqin istiqbolda izchil amalga oshirish bo'yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarni tezlashtirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101913 | Инструменты