Huawei 1
Yaponiyada birinchi marta 50 yildan ortiq ishlayotgan AES reaktori faoliyatiga ruxsat berildi

Yaponiya 2024 yil noyabr oyida 50 yoshga to‘ladigan «Takahama» atom elektr stansiyasining birinchi energobloki ishlashini davom ettirishni ma’qulladi. Tegishli qaror Yaponiya yadroviy energetikani tartibga solish boshqarmasi tomonidan qabul qilindi.

Yaponiya regulyatorlarining qo‘shimcha sinovlari shuni ko‘rsatdiki, reaktor neytron bosimiga bardosh bera oladi va beton mustahkamligini saqlay oladi. Shunday qilib, Yadro energetikasini tartibga solish organi «Reaktorning ishlash muddatini uzaytirish uchun Kansai Electric Power (KEPCO)operatorining arizasini» rasman tasdiqladi.

Kyodo axborot agentligining xabar berishicha, №1 reaktor «mamlakatda 50 yildan ortiq vaqtdan beri ishlashga ruxsat olgan birinchi reaktor» hisoblanadi.

4 reaktorga ega «Takahama» atom elektr stansiyasi Fukui prefekturasi sohilida, Yapon dengizi qirg‘og‘ida joylashgan. Qonunga ko‘ra, Yaponiyadagi yadroviy reaktorlar maksimal 60 yil ishlashi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101915 | Инструменты