Huawei 1
Ukraina Rossiya bilan muzokara boshlashga qarshi emas - Zelenskiy

Ukraina Rossiya Federatsiyasi vakillari bilan muzokaralarni boshlashga qarshi emas, lekin suhbat “teng shartlarda” o‘tishi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

“Biz ruslar bilan gaplashishga, ular bilan muzokara o‘tkazishga qarshi emasmiz. Faqat muzokaralar teng shartlarda o‘tishi kerak”, taʼkidladi Zelenskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Ukrainani Rossiya bilan muzokara boshlashga ko‘ndirishga urinmayapti. Ukraina bu boradagi qarorni o‘zi mustaqil qabul qiladi.

“AQSH bunga urinmayapti. Agar ular bizni biror narsa qilishga majburlasa, hammangiz bu haqda bilib olasiz”, dedi u.

Zelenskiy, shuningdek, Ukraina o‘z sheriklariga g‘alaba rejasini taqdim etganini ham ta’kidladi. Qo‘shma Shtatlar tez orada g‘alaba rejasi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishi kutilmoqda.

“Ukrainada Oq uy jamoasini kutmoqdamiz va yaqin orada ular kelishadi”, dedi Zelenskiy.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101914 | Инструменты