Huawei 1
XVJ direktorlar kengashi Ukrainaga 1,1 mlrd dollar miqdorida transh ajratilishini tasdiqladi

Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) Ijrochi direktorlar kengashi Ukraina bilan kelishuvlarni ma’qulladi, buning natijasida Kiyev kengaytirilgan kredit dasturi doirasida 1,1 milliard dollar miqdorida yana bir transh oladi. Bu haqda XVJ matbuot xizmati bayonotida aytilgan.

“Bugun XVJ Ijroiya direktorlari kengashi Ukraina bo‘yicha kengashni yakunladi. Bu Ukraina byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun 1,1 milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratish imkonini berdi”, deyiladi hujjatda.

2023-yil mart oyi oxirida XVJ Ukraina uchun to‘rt yilga 15,6 milliard dollar miqdorida kredit dasturini tasdiqlagan edi.

Kredit dasturi ikki bosqichda amalga oshiriladi. 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan birinchi bosqich “mustahkam byudjet yaratish”, “barqaror deinflyatsiya va barqaror valyuta kursini saqlab qolish”, “uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni rag‘batlantirish”ga qaratilgan.

Ikkinchi bosqichda asosiy e’tibor makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, tiklanish va urushdan keyingi dastlabki rekonstruksiyani qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy barqarorlikni oshirish va uzoq muddatli o‘sish sur’atlarini oshirishga imkon beradigan tarkibiy islohotlarga qaratiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101915 | Инструменты