Huawei 1
Isroil AQSHdan yana bitta THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimini so‘radi

Isroil rasmiylari Vashingtondan ikkinchi THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimini so‘radi. Bu haqda Isroil OAV xabar bermoqda.

12-kanalning yozishicha, bu raketaga qarshi mudofaa tizimi Eronning kutilayotgan hujumiga qarshi ishlatiladi.

Avvalroq Pentagon rahbari Lloyd Ostin THAAD tizimi va Amerika harbiy xizmatchilarining tegishli guruhini Isroilda joylashtirishga rozi bo‘lgani xabar berilgandi.

AQSH Mudofaa vazirligi bu harakat Isroilga havo hujumidan mudofaa qobiliyatini kuchaytirishga yordam berishini aytdi.

Associated Press manbalariga tayanib xabar berishicha, bu Isroilning Eronning ehtimoliy reaksiyasi va boshqa xavfsizlik tahdidlari haqidagi xavotirlarini kamaytirishga yordam bergan. Biroq manbalar bu kafolatlar mutlaq emasligi va vaziyat o‘zgarishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101913 | Инструменты