Huawei 1
O'zbekistonda birinchi yarim yillikda to‘qimachilik sanoatiga 500 mln dollarlik investitsiyalar jalb qilindi

O‘zbekistonda to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati jadal rivojlanib borayotgan bir vaqtda, 2023 yilning birinchi yarmida umumiy respublika bo‘yicha 490,2 mln dollarlik xorijiy investitsiya va kreditlar jalb qilindi. Bu haqda "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi xabar qildi.

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirishni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish, xom ashyoni chuqur qayta ishlash va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.

Bu borada:

1. Joriy yilning 1-yarim yil yakuni bilan “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi mas’ul etib belgilangan loyihalar doirasida 53,2 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirildi. Mazkur ko‘rsatkich belgilangan rejaga nisbatan 110,6 foizga bajarildi.
Umumiy respublika bo‘yicha to‘qimachilik sohasida 1-yarim yil yakuni bilan 151 ta loyiha doirasida 437,0 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlar o‘zlashtirilib, jami 490,2 mln dollarni tashkil etdi.

2. Joriy yilning 1-yarim yilligida umumiy qiymati 70,7 mln dollarlik 11 ta loyiha ishga tushirilib, 3 110 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Jumladan, Qarshi shahrida “Kitob Ip Yigiruv” AJ (3,0 mln.dona tikuv-trikotaj mahsulotlari), Dexkonobod tumanida “Dexqonobod tekstil” MCHJ (“Baxt Tekstil” MCHJ) (8,0 mln dona tikuv-trikotaj mahsulotlari), Namangan shahrida “BALANSE TEX” MCHJ (1,0 mln dona tayyor tikuvchilik mahsulotlari), Termiz shahrida “Indenim tekstil” MCHJ (4,0 mln.dona tikuv-trikotaj mahsulotlari), Shovot tumanida “Gurlan Global teks” MCHJ (2,0 mln.dona tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari) va boshqa loyihalar.

3. Shuningdek, xorijiy mamlakatlarda umumiy qiymati 25 mln dollarlik 4 ta loyihalar amalga oshirilishi ta’minlandi va bu o‘z navbatida soha salohiyatini oshirish, kerakli xomashyo bilan ta’minlash va eksport bozorlarini kengaytirish imkoniyatini beradi.

4. Shu bilan birga, boshqa yo‘nalishlarda, jumladan qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, energetika, ijtimoiy sohalarda investitsiya loyihalari amalga oshirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21510 | Инструменты