Huawei 1
AQShda noqonuniy migrantlar oqimi oxirgi 60 yildagi eng past darajada tushdi

Donald Tramp Oq uyga qaytganidan keyin AQSh chegarasini kesib o‘tuvchi noqonuniy migrantlar soni 90 foizga kamaydi, deb xabar beradi New York Post.

Qayd etilishicha, fevral oyida chegarachilar kuniga o‘rtacha 359 nafar migrantni qo‘lga olgan — bu oxirgi 60 yil ichidagi eng past ko‘rsatkichdir.

Tramp nazoratni kuchaytirish uchun chegaraga 1,5 ming harbiyni jalb etgan va Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum bilan kelishuvga erishgan.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Vashington Meksika tovarlariga 25 foizli boj joriy etish bilan tahdid qilganidan keyin mamlakat migrantlar oqimini tutib qolish uchun 10 ming harbiyni chegaraga yuborgan. Bundan tashqari, Tramp barcha boshpana izlovchilar o‘z maqomi bo‘yicha qarorni Meksika hududida kutishlarini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Fevral boshidan beri AQShda mamlakat qonunlarini buzgan noqonuniy migrantlarga qarshi keng ko‘lamli reydlar boshlangan. Natijada, 11 ming kishi qo‘lga olingan bo‘lib, ularning bir qismi harbiy samolyotlarda deportatsiya qilingan.

Jo Bayden boshqaruvi davri bilan taqqoslaganda, AQShda noqonuniy migrantlar oqimi keskin kamaygan. 2023 yilda chegarachilar kuniga o‘rtacha 5590 kishini ushlagan bo‘lsa, 2024 yil boshida ushbu ko‘rsatkich 2872 kishini tashkil etgan, hozirda — 369 kishiga tushgan.

Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatdagi migrantlar bilan bog‘liq vaziyatga e’tibor qaratib, AQSh-Meksika chegarasida favqulodda holat e’lon qilgan va nazorat-o‘tkazish punktlarini yopgan edi. Shuningdek, u noqonuniy migrantlar ommaviy deportatsiya qilinishini aytdi. Meksika AQSh hududiga o‘tmoqchi bo‘lgan noqonuniy migrantlar uchun asosiy tranzit mamlakati hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 21520 | Инструменты