Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning oktyabr oyida uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari sentyabr oyiga nisbatan o‘rtacha 16,1 % ga oshgan.
Bunda eng yuqori o‘sish Toshkent shahrida 51,6 % qayd etilgan bo‘lsa, eng past o‘sish 1 % bilan Xorazm viloyatida kuzatilgan.
Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o‘rtacha 20,9 % ga oshgani kuzatilgan. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan ya’ni yillik nisbatda o‘rtacha 24,2 % ga oshgan.
Avvalroq, O‘zbekistondagi 1-bosqich talabalariga 2 oylik ijara haqi hech qanday shartnomasiz to‘lab beriladigan bo'lgani haqida xabar bergandik. So'ng, uy-joy ijara shartnomasi bir tomonlama o‘zgartirilmasligi va bekor qilinmasligibo'yicha yozgandik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 43021 | Инструменты