Huawei 1
Polsha kompaniyasi O'zbekistonda yuk ko'tarish kranlarini ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda

O'zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polshaning "FUD" kompaniyasi faoliyati bilan tanishdi va korxona rahbari Zbignev Skshipkevich bilan uchrashuv o'tkazdi

Muzokaralar chog'ida O'zbekistonda yuk ko'tarish uskunalarini (kran) ishlab chiqarish bo'yicha investitsiyaviy loyihani amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

"FUD" kompaniyasi 1898-yilda tashkil etilgan. U qurilish, mashinasozlik, energetika, metallurgiya, tog'-kon sanoati hamda avtomobil va temir yo'l transporti tarmoqlari uchun maxsus kranlar, liftlar, metall konstruksiyalar ishlab chiqarish, ularga xizmat ko'rsatish va ta'mirlashga ixtisoslashgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100611 | Инструменты