Huawei 1
“Qamchiq” dovonida noqonuniy tarzda olib ketilayotgan tamaki mahsulotlari aniqlandi

2024 yil 4 oktyabr kuni soat 19:50larda “Namangan” YPX maskanida YHXX “Qamchiq” dovoni bo‘yicha YPX otryadi xodimlari tomonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanib kelgan “Cobalt” rusumli avtomobil to‘xtatildi.

Ushbu avtomobil salonida va yukxonasida yo‘lovchi, 1974 yilda tug‘ilgan M.M. tomonidan jami 370 quti tamaki mahsulotlari olib ketilayotganligi, ushbu mahsulotlarga oid tegishli hujjatlar mavjud emasligi aniqlangan. 

Holat yuzasidan belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, aniqlangan mahsulotlar hamda fuqaro M.M. IJQK Departamentining Pop tumani bo‘limi xodimlariga topshirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты