Huawei 1
5-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

Chiqindidan qarzi borlarga elektr energiyasi to‘lovlaridagi cheklovlar haqida xabar berila boshlandi

«Hududiy elektr tarmoqlari» chiqindi uchun pul to‘lamagan iste’molchilarga ommaviy ravishda SMS yubora boshladi. Ogohlantirishdan keyin ham to‘lovlarni amalga oshirmaganlarning elektr uchun to‘lovlarini qabul qilish cheklab qo‘yiladi.

Davlat mehnat inspeksiyasiga kameral nazorat o'tkazish vakolati beriladi

Davlat mehnat inspeksiyasi va uning hududiy bo'linmalari mansabdor shaxslariga mehnat huquqlari va mehnatni muhofaza qilish, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish, aholi bandligi to'g'risidagi qonunchilik talablarini bajarmaganligi uchun kameral nazorat o'tkazish vakolati beriladi.

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti tashkil etiladi

2026-yil 1-dekabrga qadar ilg'or xorijiy tajriba asosida 1800 ta kasbni qamrab oluvchi kasbiy standartlar ishlab chiqiladi va amaliyotga kiritilishi ta'minlanadi.

O‘zbekiston so‘nggi uch oyda ilk bor salkam 800 mln dollarlik oltin eksport qildi

Avgust oyida O‘zbekiston 792,6 mln dollarlik oltin eksport qildi. Bu qimmatbaho metallning may oyidan beri birinchi sotuvi hisoblanadi.

Toshkentdagi Ibn Sino bozori sotuvga qo‘yildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahridagi Ibn Sino bozori noturar binosini kim oshdi savdosiga qo‘ydi. Xaridor obyekt negizida “ekobozor” qurishi kerak.

Toshkent xalqaro aeroportida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhit yaratilmoqda

Toshkent xalqaro aeroportini rekonstruksiya qilish doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun maxsus jihozlarni o‘rnatish boshlandi.

Kuchli ta'sir qiluvchi moddalarni internetda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish uchun javobgarlik belgilandi

Shuningdek giyohvandlik vositalarini, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni, kuchli ta'sir qiluvchi va zaharli moddalarni o'tkazish maqsadini ko'zlamay qonunga xilof ravishda olganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoki jo'natganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.

Ikki oy ichida xorijdan 34 bola O‘zbekistonga qaytarildi

Avgust-sentabr oylarida xorijda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 34 nafar bola O‘zbekiston Respublikasiga qaytarildi.

Endi Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida ruxsatnoma blankalarisiz yuk tashiladi

Endilikda Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasida yuk tashish uchun ruxsatnoma blanklari talab etilmaydi.

O‘zbekistonda konsertlarning milliy an’analarga mosligi tekshirilishi mumkin

Madaniyat vazirligi konsert tashkilotchilariga milliy qadriyat va an’analarga rioya etilishini tekshirish uchun “O‘zbekkonsert"ga batafsil ssenariy taqdim etish majburiyatini yuklashni taklif qilmoqda.

Mahallabay ishlash agentligi Kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga o‘tkaziladi

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tuman bo‘limlari, tuman hokimligi hamda MFY o‘rtasida mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha uch tomonlama “mahalla shartnoma”lari tuziladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110604 | Инструменты