Huawei 1
Samarqandda boshqa mashinaning raqamini taqib 76 marotaba qoida buzgan haydovchi ushlandi

Samarqand viloyatida mashinasiga boshqa mashinaning davlat raqamini taqib yurgan haydovchi aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyatida yashovchi haydovchi “Lasetti” mashinasiga “Damas” mashinasiga berilgan davlat raqamini taqib olgan. So‘ng u yo‘llarda ko‘p marotaba tezlik qoidalarini buzgan. 

Jumladan, u 2024 yil yanvar oyidan hozirgacha jami 76 marotaba mashina tezligini belgilangan me’yordan oshirgani radar qurilmalariga qayd etilgan. 

Viloyat IIB YHXB xodimlari qoidabuzar haydovchiga nisbatan ma’uriy bayonnoma rasmiylashtirgan. Qarzdorlikni undirish maqsadida “Lasetti” vaqtincha jarima maydonchasiga joylashtirilgan. 

Haydovchidan nega bunday qilgani so‘ralganda u radardan qochish uchun boshqa raqam taqib harakatlanganini aytgan. 

Qayd etilishicha, jarimalarning jami miqdori taxminan 50 mln so‘m atrofida bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100522 | Инструменты