Huawei 1
Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil zavodi 28-maydan sinov rejimida ishlashga tayyor bo‘ladi

Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil yig‘ish zavodi 2024-yil 28-maydan sinov rejimida ishlashga tayyor bo‘ladi. Bu haqda 24.kg’ga Iqtisodiyot va savdo vaziri Doniyor Amangeldiyev ma’lum qildi.

Korxona Chuy viloyatining So‘quluq tumanida joylashgan. Zavodda Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillarini ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil mart oyida “O‘zavtosanoat” AK, “DT texnika” MChJ va “NUR” AJ (KR) o‘rtasida Qirg‘izistonda avtomobil va tijorat texnikalarini ishlab chiqarishni (SKD) tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga