Huawei 1
Eron AQSHdan qo‘shinlarini Suriyadan zudlik bilan olib chiqib ketishni talab qildi

Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy AQSHdan o‘z qo‘shinlarini Suriyadan zudlik bilan va to‘liq olib chiqib ketishni talab qildi. Bu haqida IRNA agentligi ma’lum qildi.

“Suriyada tinchlik va barqarorlik o‘rnatilishi uchun Amerika qo‘shinlarini mamlakatdan zudlik bilan to‘liq olib chiqib ketish zarur. Ular terrorizmga qarshi kurashish o‘rniga neft o‘g‘irlashda, Suriya xalqini talon-toroj qilishda va BMT tomonidan terrorchi deb eʼlon qilingan guruhlarni, masalan, ‘Jabhat an-Nusra’ va ‘Hayat Tahrir ash-Sham’ni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda”, — dedi u BMT Xavfsizlik kengashining Suriyadagi gumanitar va siyosiy vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishida.

Diplomatning taʼkidlashicha, “xalqaro hamjamiyat Suriya xalqini terrorizm, xorijiy bosqin va noqonuniy sanksiyalar sabab bo‘lgan iqtisodiy terrorga qarshi kurashda yolg‘iz qoldirmasligi kerak”.

“Suriyadagi terrorchilarga qarshi kurash ular keltirayotgan tahdidlar to‘liq bartaraf etilmaguncha davom etishi kerak. Ularga ko‘p sonli tinch aholini garovga olishlariga va Idlib kabi hududlarni o‘z mulkiga aylantirishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak”, — dedi Amir Said Iravoniy.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92904 | Инструменты