Huawei 1
Shavkat Mirziyoyev Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlarining bir guruhini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.

Unga ko‘ra, mamlakatda so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini mustahkamlash, demokratik islohotlarni amalga oshirish yo‘lida faollik ko‘rsatib kelayotgan, global axborot maydonida milliy manfaatlarni himoya qilish, yangilanish jarayonlarini yoritish, erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etishdagi katta xizmatlari, zamonaviy media tarmoqlari uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlanadi:

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

  • Taypatov Abdijalol Gapparovich — O‘zbekiston Milliy axborot agentligining hududiy axborot tahririyati bosh muharriri;
  • Temirov Sobirjon G‘ulamovich — Beshariq tumani “Beshariq tongi” gazetasi bosh muharriri, Farg‘ona viloyati.

“Do‘stlik” ordeni bilan

  • Abdusamatova Mukaddas Salixovna — O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, publitsist;
  • Beknazarova Saodat Uzbekovna — “Ovozi tojik” gazetasi katta muxbiri;
  • Djurayeva Dilfuza Djangirovna — O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi aʼzosi, publitsist, Surxondaryo viloyati;
  • Klyaskiy Grigoriy Nikolayevich — “Ishonch-Doveriye” gazetasi bo‘lim muharriri;
  • Levchenko Sergey Vladimirovich — “Narodnoye slovo” gazetasi bo‘lim muharriri;
  • Nugmanov Ravshan Yakubdjanovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Toshkent radioeshittirish uyi ovoz yozish xizmati rejissyori;
  • Ochilov Qudrat Mengliyevich — “Bir safda” jurnali masʼul kotibi;
  • Paluanova Mnayim Pirnazarovna — “Nukus-Sayahat” masʼuliyati cheklangan jamiyatining “Jaslar-TV” telekanali va “Nukus-FM” radiosi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
  • Sodikov Ikrom Mamadaliyevich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Namangan viloyati teleradiokompaniyasi direktori o‘rinbosari;
  • Toxirov Xalimjon Turgunovich — “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalari tahririyatining “Andijonnoma.uz” internet nashri muharriri;
  • Xakimov Talip Adilovich — Nurafshon shahri “Mashʼal” gazetasi bosh muharriri, Toshkent viloyati.

II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

  • Boymirzayeva Saodat Urakovna — O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining matbuot kotibil
  • Muminov Fayzullo Abdullayevich — O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi professoril
  • Xasanova Zaxro Tulkunovna — “Gulxan” jurnali bosh muharriri.

“Sog‘lom turmush” medali bilan

  • Imomxo‘jayev Zafar Axbarovich — O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi.

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

  • Abduraximov Muslimbek Fozil o‘g‘li — “Zo‘r TV” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturi rahbari.

“Shuhrat” medali bilan

  • Abdukadirov Dilshod Axmedjanovich — “Kun.uz” internet nashri bosh muharriri;
  • Abduraxmanova Feruza Abduganiyevna — “Mening yurtim” telekanali boshlovchisi;
  • Abidov Aziz Agzamovich - O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining Jamoatchilik bilan hamkorlik markazi boshlig‘i – matbuot kotibi;
  • Alimuxamedov Tuygun Vaxabovich — “O‘zbekiston ko‘zi ojizlar bosmaxonasi” davlat unitar korxonasi muqovalovchisi;
  • Bazarov Baxriddin Xaydarovich — “Akademnashr NMM” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh rassomi;
  • Bayturayeva Guljamal Orinbasarovna — “Nurli jol” gazetasi bo‘lim mudiri;
  • Voxidova Nozima Raximovna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma‘rifat telekanali” davlat muassasasi kino-videomahsulotlar va tezkor dublyaj muharririyati katta muharriri;
  • Gulyamova Dilfuza Izzatovna — “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyatining Navoiy viloyati bo‘yicha maxsus muxbiri;
  • Djamalov Kaxramon Djumayevich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” telekanali muharrirlar guruhi bosh muharriri;
  • Djumaboyeva Raxima Mustafayevna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi katta muharriri;
  • Zokirova Tursuntosh Normurodovna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi radio guruhi muxbiri;
  • Inoyatova Nazira Saypullayevna — “Avtoradio” radiosi dasturlar bo‘yicha direktori va efir boshlovchisi;
  • Klichbayev Abatbay Reimbayevich — Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining qo‘lyozmalar, noyob va alohida qiymatga ega nashrlar xizmati rahbari;
  • Matchanova Intizor Jumaboyevna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” telekanali Xorazm viloyati bo‘yicha muxbiri;
  • Murotova Muslima Kamolidinovna — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston” radiokanali rejissyorlar guruhi suxandoni;
  • Niyazov Norbek Ramazanovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “O‘zbekiston 24” telekanali yangiliklar muharririyati bosh muharriri;
  • Pirnafasova Muhayyo Rustamovna — “Jadid” gazetasi adabiy muharriri;
  • Saidov Sherodil Xudayberdiyevich — “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasining chop etish sexi ustasi;
  • Sulaymanova Aliya Ismailovna — “Darakchi.uz” internet nashri bosh muharriri;
  • Sulaymonov Shodmon Sultonovich — “Buxoronoma” va “Buxarskiy vestnik” gazetalari tahririyati bosh muharriri, Buxoro viloyati;
  • Shamsiddinov Yolqin Xakimovich — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati huzuridagi Media-markazi yetakchi mutaxassisi;
  • Eshonqulov Zamon Asrorovich — O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Samarqand viloyati teleradiokompaniyasi televideniye guruhi maxsus muxbiri;
  • Yusupov Ahmad Mengnimuratovich — “Daryo.uz” internet nashri bosh muharriri.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92904 | Инструменты