Huawei 1
“Yoshlar va innovatsion qishloq xoʻjaligi” koʻrik-tanlovi g’oliblari Italiyaga sayohat qiladi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi  tizimidagi 10 ta oliy taʼlim muassasasidagi talaba yoshlar oʻrtasida “Yoshlar va innovatsion qishloq xoʻjaligi” koʻrik-tanlovining final bosqichi boʻlib oʻtdi. Saralashdan so’ng 5 ta jamoa final bosqichida g’oliblik uchun кurash olib bordi. Tanlovning yakuniy bosqichida jamoa aʼzolari birgalikda qishloq xoʻjaligining maʼlum bir sohasini innovatsion rivojlantirish, resurs tejamkor texnologiyalardan “nou-xau” usulida foydalanish, “yashil iqtisodiyotga oʻtish”, qishloq xoʻjaligini keskin iqlim sharoitiga moslash va sohani rivojlantirishga oid takliflar, “biznes-reja”, “start-tap” loyihalarini namoyish qilishdi. 

Ushbu tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsadqishloq xoʻjaligining turli tarmoq va sohalarini bugungi keskin iqlim oʻzgarishi sharoitiga moslashtirishga oid ilgʻor fikrga ega, zamonaviy fikrlovchi, oʻzi tanlagan ixtisoslik boʻyicha tashabbuskor va faol talabalar safini kengaytirish va ularni qoʻllab  quvvatlashdan iborat.

Tanlov 3 bosqichdan iborat boʻlib, dastlabki universitet va institut bosqichlarida  10 ta oliy taʼlim muassasaсиdan jami 4099 nafar talaba-yoshlar ishtirok etish xohishini bildirgan. Har bir oliy taʼlim muassasasida fakultetlar boʻyicha jamoalar shakllantirilib, birinchi OTM bosqichi oʻtkazildi. Bu tanlovlarda ana shu oliygohlarning  44 ta jamoasidan 264 nafar talaba-yoshlar ishtirok etib, gʻoliblar yakuniy bosqichga yoʻllanma oldilar. 

Amaliyotga joriy etilayotgan start-up loyihalarning taqdiri va moliyalashtirish ishlarning nazorati bo'yicha senator quyidagicha izoh berdi:

Tanlovning yakuniy bosqichi natijalari boʻyicha Qoraqalpog’iston Respublikasi jamoasi 1-oʻrinni qo’lga kiritdi. Ular  I -darajali diplom va Italiyaга sayohat uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.  Faxrli 2-oʻrin sohiblariga esa II -darajali diplom va jamoa aʼzolarining har biriga Noutbuk, 3-oʻrin sovrindorlariga esa  III -darajali diplom va jamoa aʼzolarining har biriga Planshet esdalik sovg’alari taqdim etildi. Tanlovda faol ishtiroki va oʻzlarining mahoratlarini yaxshi namoyon etgan jamoalar esa turli nominatsiyalar boʻyicha tanlab olinib Faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92904 | Инструменты