Rossiya kompaniyasi Samarqandda agrokimyo vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

Rossiyaning “Shyolkovo Agroxim” kompaniyasi O‘zbekistonda agrokimyo vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Rossiyaning mamlakatdagi savdo vakolatxonasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ishlab chiqarish zavodi Samarqand viloyatidagi “Urgut” erkin iqtisodiy zona hududida joylashgan. Loyiha natijasida korxonada 100dan ortiq ish o‘rni yaratildi. Zavod yiliga 20 ming tonnadan ortiq o‘simliklarni himoya qiluvchi kimyoviy vositalar ishlab chiqaradi.

Ta'kidlanishicha, loyihaga kiritilgan investitsiyalar hajmi $30 mlndan ortiq bo‘lib, bu mablag‘lar kompaniyaga 10 yil muddatga soliq imtiyozlarini olish imkonini beradi.

Shuningdek, zavodda ishlab chiqarilgan o‘simliklarni himoya qiluvchi kimyoviy vositalar Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonga eksport qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72706 | Инструменты