Huawei 1
Samarqandda qurilish materiallari va uskunalari sohasida O'zbekiston-Ispaniya biznes-forumi bo'lib o'tadi

Ispaniyaning qurilish materiallari va uskunalari sohasidagi yetakchi kompaniyalari vakillarining mamlakatimizga amaliy safari doirasida 19-oktabr kuni Samarqand shahrida O'zbekiston–Ispaniya biznes-forumi o'tkaziladi

Biznes-forum O'zbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi, "O'zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi va Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Forumda O'zbekiston va Ispaniyaning yetakchi kompaniyalari, qurilish sohasidagi mutaxassislar hamda ekspertlar ishtirok etadi. Ishtirokchilar zamonaviy texnologiyalar, yo'nalishlar va qo'shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qiladilar, shuningdek, qurilish sohasidagi yangi yechimlar bilan tanishadilar.

Tadbir davomida tomonlar qurilish va zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida yangi istiqbolli loyihalarni ishlab chiqishlari kutilmoqda. Bu O'zbekiston va Ispaniya o'rtasidagi sanoat kooperatsiyasini mustahkamlashda muhim qadam bo'ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101522 | Инструменты