Huawei 1
15-oktabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan muhim voqealar dayjesti

"O‘zbekiston temiryo‘llari" raisi: "Afrosiyob" poyezdi biror yil daromad ko‘rib ishlamagan

Yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" 2023-yilda 238 milliard so‘m zarar ko‘rgan.

Vengriyaning Lakitelek shahrida Alisher Navoiy byusti o‘rnatildi

O'zbekiston elchixonasi tashabbusi bilan Vengriyaning Lakitelek shahrida buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiyga bag'ishlab o'rnatilgan byustning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Xorijdagi migrantlarning yarim million dollardan ortiq ish haqi undirib berildi

Joriy yilning to‘qqiz oyi davomida xorijdagi mehnat migrantlarining yarim million dollardan ortiq ish haqlari undirib berildi.

"Mening bog‘cham" loyihasining ovoz berish jarayoni boshlandi

Ovoz berish bosqichi 25-oktabr 10:00 ga qadar davom etadi.

Bobur koʻchasining bir qismi 1 oyga yopiladi

Toshkent shahar Yakkasaroy tumanining Bobur ko‘chasi Shota Rustaveli ko‘chasi bilan kesishmasidan Seul ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida yuqori kuchlanishli yer osti elektr uzatish kabel tarmoqlarini oʻtkazish ishlari amalga oshiriladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Oybek Elmuratov Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrif buyurib, OKMK Muhandislik maktabi bilan tanishdi

Davlat rahbari ish o‘rganayotgan yoshlar bilan suhbatlashdi.

Samarqand — Toshkent yo'nalishida qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi

1, 2, 3, 4-noyabr kunlari “Samarqand — Toshkent — Samarqand” yo‘nalishida “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston xalq baxshisi Baxshiqul baxshi Tog‘ayev 64 yoshida vafot etdi

Uzreport.news tahririyati marhumning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Shavkat Mirziyoyev “Yoshlik-1” koni va 3-mis boyitish fabrikasida olib borilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdi

Mazkur fabrika birinchi bosqichda yiliga 60 million tonna rudani qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ladi. Bu orqali yilliga 917 ming tonna mis va 2,5 ming tonna molibden konsentratlari ishlab chiqariladi. 5 ming 600 kishining bandligi ta’minlanadi.

Sirdaryoda uch kishini o‘ldirgan sobiq IIB xodimi umrbodga qamaldi

2024-yilning aprel oyida bir oilaning uch a’zosini o‘ldirib, jasadlarni yoqib yuborgan sobiq IIB xodimiga nisbatan sud hukmi e’lon qilindi.

Toshkent viloyatida har yili 1 mln kvadrat tijorat joyi tashkil qilish lozimligi ko‘rsatib o‘tildi

Zangiota tumanidagi Ibrat va Ulug‘bek mahallalariga xizmat qilgan 2 ta oqova suv inshooti eskirgani, Bog‘zor va Nurobod mahallalaridagi ko‘p qavatli uylarda isitish va oqova tizimi muammoli ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Toshkent viloyatidagi 5 ta tumanda ishlab chiqarishni kooperatsiya va klaster asosida tashkil etish uchun “Sanoat uchburchagi” dasturi tayyorlanadi

Prezident raisligi o‘tkazilayotgan yig‘ilishda Angren, Olmaliq, Ohangaron shaharlari, Piskent va Ohangaron tumanlarining viloyat sanoatidagi ulushi 50 foizni tashkil qilishi taʼkidlandi.

Prezident mutasaddilarga Angrenda anor sharbati ishlab chiqarishni boshlashni topshirdi

Ohangaron va Bo‘stonliqda 1 ming gektardan adir va tog‘ oldi yerlarida malina va golubika plantatsiyasini, Parkentda 2 ming gektar va Ohangaronda 1 ming gektarda uzum va gilos bog‘larini tashkil qilish imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tildi.

Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Erkin Muxitdinov lavozimidan ozod etildi

Prezident viloyatda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida kelasi yili 116 ming aholini kambag‘allikdan olib chiqish bo‘yicha hisob-kitoblarni maʼqullamadi.

Yil davomida avtobuslarda yo‘l haqini to‘lamasdan yurgan yo‘lovchilar soni ma’lum qilindi

Avtobusda yo‘l haqini to‘lamasdan yurgan yo‘lovchilar hamda naqd pulda to‘lovni amalga oshirganda chipta taqdim etmagan chiptachilar aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101520 | Инструменты